Xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok
Bugungi kunda energetika bozorida elektr energiyasini isloh qilish, liberallashtirish va tartibga solish jarayonida iste'molchilar uchun iqtisodiy foyda va elektr energiyasining narxi ustuvor ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq qator xususiyatlar aniqlandi. Bundan tashqari elektr ta'minot tizimlarida tizimning xavfsizligi va ishonchliligi kabi muhim masalalarga ham katta e'tibor berilmoqda.
Yuqorida keltirilgan muammolar va ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik masalalar va ularning yechimlariga qaratilgan Ukraina davlatining bir necha universitetlari университетлари (1. (National University of Water and Environmental Engineering; 2. Kryvyi Rih National University; 3. Kryvyi Rih State Pedagogical University) tomonidan tashkil etilgan “ICSF 2020 : The International Conference on Sustainable Futures: Environmental, Technological, Social and Economic Matters” xalqaro ilmiy konferensiyasi 20 – 22 may kunlari Zoom onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada “Elektr ta'minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori Tursunov Obid Bobokulovich hammualliflar bilan birgalikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yozgan “Development of intelligent energy systems: the concept of smart grids in Uzbekistan (Aqlli energiya tizimlarining rivojlanishi: O‘zbekistonda aqlli tarmoqlar tushunchasi)” nomli maqola ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Professor O.B.Tursunov o‘z ma'ruzasi bilan qatnashchilarni tanishtirar ekan, ushbu tadqiqotning strategik maqsadi boshqaruv va texnologik innovasiyalar uchun platforma sifatida aqlli tarmoq tizimlarini yaratish orqali O‘zbekistonda elektr energetikasi rivojlanishining yangi bosqichiga o‘tishni ta'minlaydigan elektroenergetik majmua rivojlanishini tahlil qilish ekanligini ta'kidlab o‘tdi. E'tiborli jihati, ushbu ma'ruza qatnashuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.