“Mahalla bilan hamkorlik”
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli Farmoni, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 29 - apreldagi 202-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash yuzasidan, Toshkent shahar Mirzo-Ulugʼbek tumanidagi “Shaxrisabz” M.F.Y. bilan “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti hamkorligini yoʼlga qoʼyish boʼyicha fakultet dekani R.Xakimov boshchiligida fakultet professor-oʼqituvchilari hamrohligida ishlar yoʼlga qoʼyildi.
“Shaxrisabz” M.F.Y. raisi Koshetova Jumabike Tanirbergenovna, Raisning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʼyicha oʼrinbosari Karabaeva Matluba Sobirovnalar bilan fakultet Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari J.Turdiev, “Ingliz tili” kafedrasi mudiri F.Begov, “Аxborot texnologiyalari” kafedrasi oʼqituvchisi K.Kubyashev hamda U.Nullaevlar uchrashib, Mahalladagi bandligi taʼminlanmagan yoshlar sonini aniqlash, roʼyxatga olish, mahalla yoshlari uchun tadbirkorlik oʼquv kurslari tashkil etish, mahalladagi yoshlarning qiziqishlariga qarab, ularni “Ingliz tili” kursi, “Kompyuter savodxogligi” kurslariga jalb etish boʼyicha kelishib olindi.
“SXTE va B” fakulьteti dekani oʼrinbosari J.Turdiev maʼlumoti
TIQXMMI matbuot xizmati