“MASTER KLASS” ta’lim va fan sohasini rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”, deya bildirgan fikrlarini e’tiborga olib institut tajribali professor-o‘qituvchilarning namunaviy darslari “master klass” lar tashkil etilmoqda.
Jumladan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining talaba-yoshlar bilan onlayn uchrashuvida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 17-bandida turli oliy ta’lim muassasalaridagi katta tajribaga ega nufuzli professor-o‘qituvchilarning namunaviy dars mashg‘ulotlarini boshqa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-may sanasida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. A.Arifjanov tomonidan Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalariga “Gidravlikaning maxsus masalalari” mavzusida namunaviy dars mashg‘uloti, “master klass” tashkil etildi.
Mashg‘ulot jarayonida ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasidagi integratsiya masalalari alohida yoritib berildi, tinglovchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berish bilan yakunlandi. Bunday namunaviy dars mashg‘ulotlar, “master klass”lar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirishga, qolaversa, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega yetuk kadrlarni tayyorlashda muhim axamiyat kasb etishi muqarrar.
TIQXMMI matbuot xizmati