Joriy yilning 26-may kuni TIQXMMI Qarshi filialida boʼlib oʼtgan talabalar festivalida filialning mingga yaqin yoshlari ishtirok etdi
Filial talabalari oʼrtasida oʼtkazilgan “Talabalar bahori - 2021” festivalida “Etti yurak” hamda “Аgrozamin” jamoalari sakkizta shart boʼyicha oʼzaro bellashdi. Festivalda ikki jamoaning quvnoqlar va zukkolar jamoalarining sahnaviy chiqishlari namoyish etildi. Festival yakuniy taqdirlash marosimida “Аgrozamin” jamoasining ishtirochilariga:
"Eng yaxshi badiiy oʼqish”;
"Eng yaxshi vokal qoʼshiq ijrosi”;
"Eng yaxshi teatr sahna koʼrinish”.
“Etti yurak” jamoasining ishtirokchilariga:
"Eng yaxshi raqs ijrosi”;
“Eng yaxshi quvnoq jamoa” nominatsiyalari boʼyicha sovrindorlar aniqlandi.
Festival bosh sovrinini “Etti yurak” jamoasi egalladi va 1-darajali diplom hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʼamxoʼrliklarga javoban filial yoshlari ham oʼzining samarali mehnati, taʼlimdagi muvaffaqiyatlari, sport sohasidagi olamshumul gʼalabalari bilan munosib javob berishmoqda, — dedi festivalda soʼzga chiqqan filial Yoshlar ittifoqi Kengashi boshlangʼich tashkilot yetakchisi Oʼrin Toʼxtaev yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish yoʼnalishida oʼtkazilgan festivallar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur “Talabalar bahori - 2021” festivali navqiron avlodni ona-Vatanga muhabbat, mustaqillik gʼoyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy-madaniy merosimizni targʼib etish, sanʼat ixlosmandlarini bahramand qilishga qaratilgani bilan yanada eʼtiborlidir. Ushbu festival bizning ijodiy mahoratimizni yanada oshirib, kelgusida nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashishimizga xizmat qiladi. Bugun talabalar festivalida erishgan yutuqlarim uchun filial rahbariyatining diplom va esdalik sovgʼalari bilan bilan taqdirlandim deydi festival ishtirokchisi Dilorom Murtazaeva. Bugungi festival haqiqiy shouga aylanib ketdi.
TIQXMMI matbuot xizmati