Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash jarayoni yakunlandi
Institut rektorining 2019 yil 28 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy va Islom Karimov Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash to‘g‘risida» gi 529-A/F-sonli buyrug‘iga asosan 26-iyun kunining birinchi yarmida Davlat stipendiyalariga nomzodlar Informatika va axborot texnologiyalari fanidan, kunning ikkinchi yarimida esa O‘zbekiston tarixi fanlaridan sinovlar o‘tkazildi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nomzodlar kompyuterlar orqali onlayn tarzda test sinovini topshirishdi, O‘zbekiston tarixi fanidan esa og‘zaki tarzda biletlardagi O‘zbekistonning yangi tarixidan tuzilgan savollarga javob berdilar. Mazkur jarayonda talabalar o‘zlarining nutq madaniyati va O‘zbekiston tarixini nechog‘lik bilish darajasini namoyon etdilar. Sinovlar so‘ngida soha mutaxassislari tomonidan nomzodlarga qo‘yilgan ballar umumlashtirildi va shu yerning o‘zidayoq ishtirokchilarga yetkazildi. Nomzodlarning uch fan bo‘yicha chet tili, informatika va axborot texnologiyalari hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan to‘plagan ballari umumlashtirilib yuqori natijalar qayd etgan ishtirokchilarning hujjatlari navbatdagi institut Ilmiy kengash yig‘ilishida muhokamadan o‘tkaziladi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qaror asosida yuboriladi.
ITI va IPKT bo‘limi hodimi S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov