Ilm - fan integratsiyasi, ishlab chiqarish bilan uzviylikni ta’minlash, olimlarimizning ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamlari
Xitoy davlatining “Richland International Agrekultural Development” MChJ tomonidan hamkorlik qilish maqsadida institutimiz rektoriga 4 iyulda yozgan № 13/2019- sonli xati ijrosini ta’minlash uchun joriy yilning 18-22 iyul kunlari institutimizning “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi yetakchi olimlari, ustozlar A.Komilov, I.Marupov, I.Nuritov, Sh.Imomov, Sh.Abduroxmonov va R.Xudayqulovlar Buxoro viloyati Peshko‘ tumani “Varaxsha” cho‘l zonasida xizmat safarida bo‘ldilar.
Bu yerda olimlarimiz Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan maxsus chopiq traktorlarini solishtirma qiyoslash bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini olib bordilar. Jumladan: Xitoy davlati tomonidan chopiq traktorlarining 10 dan ortiq markalari qiyoslashga taklif etilayotgan bo‘lib ular zamonaviy, komfortabellik darajasi yuqori hisoblanishi bilan ajralib turadi. Ammo bunday traktorlarning aksariyat analoglari O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi olimlarimiz tomonidan qayd etildi. Shunga qaramasdan mutaxassislar texnik tasnifi bo‘yicha, iqlim sharoitimizga mos 3 ta markadagi (YTO MF-554 markali 0,9-sinfdagi) traktorlarni fermerlarimizga ishlatishlariga tavsiya berdilar.
ITI va ITIPKT bo‘limi yetakchi muhandisi O.Abdisamatov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov