YOSHLAR FORUMI VA YOSHLAR SAMMITIDAGI ISHTIROKI

Institutning EkoGAM markazi tayanch doktoranti Reymov Mamanbek joriy yilning 15-19 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Yanji shahridagi Shanbayshan biosfera qo‘riqxonasida YUNESKO tomonidan tashkillashtirilgan “Inson va biosfera” nomli yoshlar forumida shuningdek 21-23 sentyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan millatlar bosh assambleyasi tomonidan tashkil etilgan “Iqlim o‘zgarishi” yoshlar sammitida ishtirok etib keldi. Har ikki uchrashuvlarning asosiy maqsadi tabiatni asrash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishini tahlil qilishning yangi va zamonaviy metodlarini o‘rganish, ularni keng joriy qilish hamda yoshlarni atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini, iqlim o‘zgarishining oldini olishdagi ularning fikr hamda g‘oyalari bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Shanbayshan biosfera qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tgan yoshlar forumida butun dunyodan 100 dan ortiq yosh olimlar ishtirok etdilar. Forumning maqsadi yoshlarni bioxilma-xillikni tayyorlashda faol ishtirokini ta’minlash, bahs va munozaralar orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan g‘oya va rejalari bilan o‘rtoqlashish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha 2020 yildan keyingi bioxilma-xillik doirasini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan takliflarini ishlab chiqarishdan iborat bo‘ldi.

Birlashgan millatlar bosh assambleyasi tomonidan tashkil etilgan birinchi “iqlim o‘zgarishi” yoshlar sammiti yosh faollarni iqlim o‘zgarishidagi o‘z yechimlarini namoyish etish va qabul qilish bo‘yicha ularni salohiyatlarini oshirishdan iborat bo‘ldi. Mazkur tarixiy voqiya 21-22 sentyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining iqlim bo‘yicha harakatlar sammiti doirasida tashkil etildi. Mazkur sammitda global iqlim o‘zgarishini oldini olishga intilayotgan yosh faollar, novatorlar, tadbirkorlar hamda ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan delegatsiya tarkibidan tashkil topdi.

O‘tkazilgan tadbirlardan olingan bilim va ko‘nikmalar kelgusida iqlim o‘zgarishi, gidrologiya va iqlimshunoslik sohasidagi o‘quv dasturlarini yangilash va takomillashtirish hamda joriy etish, to‘plangan bilim, tajriba va malakadan ta’lim va ilmiy faoliyat olib borishda keng foydalanilishi ta’kiblab o‘tildi.

EkoGAM markazi tayanch doktoranti M. Reymov axboroti

Institut Matbuot markazi rahbari Rahimboy Jumaniyozov