“Hamkorlik-yutuqqa erishish kafolati”
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 192-sonli maktab bilan hamkorlikda 2018 yil oktyabr-dekabr oyida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadidagi “Men shu aziz vatan farzandiman!” shiori ostida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha chora tadbirlar rejasi tasdiqlangan. 2018 yil 23 noyabr kuni tasdiqlangan rejaga asosan, 192-sonli maktabning 8-9-sinflar hamda 10-11-sinflar oʻquvchilari bilan “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani O.R.Kucharov, “Iqtisodiyot” kafedrasi i.f.n., dotsent Gʻ.Doʻstmurodov va “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari J.Turdiyevlar ishtirokida “Men buyuk yurt farzandiman” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirni 192-sonli maktab direktori Islomova Dildora Shavkatovna kirish soʻzi bilan ochib berib, maktab oʻquvchilarini institut hodimlari bilan tanishtirdi. “SXTE va B” fakulteti dekani O.Kucharov soʻzga chiqib, Institut va fakultet toʻgʻrisida oʻquvchilarni atroflicha tanishtirdi va institutdagi yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrsida taqdimot oʻtkazdi. “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Gʻ.Doʻstmurodov oʻquvchilarni iqtisodiyot yoʻnalishi va sohalariga oid maʼlumotlar va yangiliklar xususida maʼruza va taqdimot qildi va oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish borasida oʻz maslahatlari bilan oʻrtoqlashdi. “SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev oʻquvchilar bilan “Men buyuk yurt farzandiman” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy muloqot oʻtkazib, oʻquvchilarni vatanni sevish, uni ardoqlash, tariximiz va ajdodlarimiz ilmiy-maʼnaviy meʼroslarini oʻqib oʻrganish va munosib avlod boʻlish kerakligi toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalari va kasbga yoʻnaltirish borasida maʼruza qildi. Tadbir savol-javoblar va koʻtaringki ruhda boʻlib oʻtdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev