Iste’molchilik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha seminar
2020 yilning 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.09.2019 yildagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda Adliya vazirligi davlat xizmatlari agentligi Mirobod tuman markazi hamda “O‘zstandart” agentligi hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimlari, institut professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani Rashid Xakimovolib bordi.
Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishi to‘g‘risida hamda iste’molchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida Toshkent shahar Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Sadikovning ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, hududiy boshqarmaga 2018-2019 yil davomida iste’molchilardan kelib tushgan arizalar tahlili, murojaatlarda ko‘tarilgan asosiy muammolar to‘g‘risida Hududiy boshqarmaninguy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i O. Sadullaevning, savdo umumiy ovqatlanish, turizm, ijtimoiy va moliyaviy xizmatlar, shuningdek aloqa xizmatlari sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Abdullaevning, Hisobga olish priborlarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti DUK xodimi D.Inagamjonovning, Hisobga olish priborlarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha davlat xizmatlari markazining vazifalari yuzasidan Adliya vazirligi davlat xizmatlari agentligi Yashnabod tumani markazi xodimi J.Saidovlarning mulohazalari ilmiy asoslangani bilan ishtirokchilarning e’tiborini qozondi. Tadbir savol va javoblar ruhida, jonli tarzda o‘tdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov