Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi seminar
2019 yil 24 may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Respublika cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 309-guruh talabalari ham ishtirok etdi. Seminar ikki qismga bo‘lib o‘tkazildi:
1) Nazariy qism;
2) Amaliy ko‘rgazmaviy qism.
Seminarning nazariy qismida mutaxassislar yo‘riqnoma va taklif shaklidagi ma’ruzalar o‘qishdi. Mavzuga oid dasturlar hamda rejalar bilan tanishtirishdi. Shuningdek, seminarning amaliy-ko‘rgazmaviy qismi poytaxtimizning “G‘afur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov