Mustaqil hayotga ilk qadam

Qush ham uchirma bo‘lgandan keyin samolarni quchadi, fazo bo‘ylab uchadi. Polaponlik davri tugagandan keyin uning mustaqil hayoti boshlanadi. Maktabda 11 yillik ta’limni olib so‘nggi qo‘ng‘iroqni entikish bilan tinglayotgan o‘quvchilarni ham shunga qiyos qilish mumkin.

O‘qituvchilarning ta’limiy va tarbiyaviy mehridan oziq olgandan so‘ng ularning maslahat va yo‘l yo‘rig‘i bilan hamda o‘zlarining orzui bois bironta oliy o‘quv yurtiga kirishni niyat qilishlari ham tayin. Chilonzor tumanidagi 90 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’muriyati taklifi bilan ularning bitiruv tadbiriga borganimizda xuddi shu holatga guvoh bo‘ldik.

Unda kamina bilan institutimizning “GIM” fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistentlari Maqsuda Turdiboeva, Bahriddin Muqimov hamda institutimizning 1-chi bosqich magistranti Boburjon Ermatovlar qatnashib o‘z mulohazalarini bildirishdi.

O‘quvchilarga institutimizning tarixi, fakultetlari va kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlari bilan bog‘liq ma’lumotlar berib, u yerda tahsil olish uchun abiturient sifatida hujjat topshirishlari mumkinligini e’tirof etishdi. “Xayr, maktab” tadbirida o‘quvchilarga ezgu tilaklarni tilab, kelajakda Vatanimiz uchun uning koriga yaraydigan fidoyi insonlar bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdilar.

Bugungi kunda 90 – sonli o‘rta maxsus ta’lim maktabining 11 - sinfni 40 dan oshiq o‘quvchi yoshlar bitirayotganini ma’lum qildilar. Maktabning iste’dodli va iqtidorli suxandon o‘quvchilaridan Sabrina Adilova “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim muassasasining diplomi va ramziy nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirning badiiy qismida maktab o‘quvchilarning chiqishlari, mehmonlarni kayfiyatiga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

“GIM” fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov