“Qiz bola jamiyat taraqqiyotining asoschisi”
Joriy yilning 28-may kuni Yer resurslarini boshqarish fakulteti 1-kurs talaba qizlari va institut psixologi M. Muxamedova bilan “Qizlar tarbiyasi – jamiyat ko'zgusi” mavzuida davra suhbati va trening tashkil etildi. Davra suhbatida sog'lom turmush tarziga amal qilish, baxtli bo'lishning asosiy omillari va oliy ta'lim muassasasida qizlarning kiyinish madaniyati haqida so'z bordi. Davra suhbatida ayol kishishning go'zalligi sog'lom turmush tarziga amal qilib yashashiga bog'liqligi, o'zini sog'lom va go'zal his etgan insonda esa albatta hayotdan qoniqish hissi paydo bo'lishi va inson o'zini baxtli his etishi, baxtli inson esa albatta kiyinish madaniyatiga ham ahamiyat qaratishi lozimligi ta'kidlandi. Hozirgi vaqtda kiyinish madaniyatimizda bizning mentalitetimizga xos bo'lmagan modalarga amal qilish xotin-qizlarimiz o'rtasida ko'payib ketganligi haqida so'z yuritildi. Davra suhbatida har bir narsada “oltin o'rtalik”ni buzmagan holatda yondashish maqsadga muvofiqligi haqida so'z yuritildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar ruhiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tavsiyalarni olishdi.
Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari H Eshova, Yerdan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi A. Muqimov, Yerdan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi Z. Hafizova va Yoshlar bilan ishlash bo'yicha bo'lim boshlig'i Z. Haydarovlar ham faol ishtirok etishdi va mavzuga oid o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi. Tadbir davomida ishtirokchilardan ushbu suhbatdan olgan taassurotlarini aniqlashtirish maqsadida mini so'rovnoma olindi. Tadbir qizg'in tarzda yakunlandi.
Institut psixologi Muhayyo Muxamedova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmti