Finlandiyalik ekspertlar zamonaviy pedtexnologiyalar bo‘yicha trening o‘tkazdi

BioEcUz loyihasining navbatdagi treningi bo‘lib o‘tdi. Finlandiyaning JAMK universiteti professorlari TIQXMMI, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Buxoro davlat universitetidan BioEcUz loyihasi professor-o‘qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha trening o‘tkazdi.

Treningda magistrantga yo‘naltirilgan hamda faol o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradigan pedtexnologiyalar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, loyiha ishtirokchilari o‘z fanlarini o‘qitish uchun shu kabi pedtexnologiyalar xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Ma’lumot uchun: Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha yangi magistrlik o‘quv dasturlari" (BioEcUz) loyihasi mamlakatimizda Bioiqtisodiyot bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish va joriy qilish hisoblanadi. Qo‘shimcha ma’lumotni bioecuz.tdau.uz vebsaytidan olishingiz mumkin.


TIQXMMI  matbuot xizmati