XITOYLIK PROFESSOR BILAN MULOQOT
Tajriba ilmiy va amaliy faoliyatdan kelib chiqadi. Har qanday nazariya amaliyotdan quvvat oladi va o‘zining mohiyatini namoyon etadi. Bu borada xorijlik olimlar bilan uchrashuv ham asqotishi aniq. “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va GidroLeaders guruhi a’zolari bilan Xitoy fanlar akademiyasi qoshidagi Xinjiang ekologiya va geografiya instituti professori Lan Zhiqiang va ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati jonli tarzda, samimiyat ruhida kechdi. Tegishli savollarga to‘la va to‘g‘ri javob olingani ahamiyatli bo‘ldi.
Institut Matbuot markazi rahbari Rahimboy Jumaniyozov