Ekskursiya - ma’rifat sari yo‘l
2019 yilning 25-27 sentyabr kunlari “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi va M.Ulug‘bek tumanida joylashgan BMKV “Agromash” AJ, “Elektrqishloqqurilish” AJ va “Qishloqenergoloyixa” AJ kabi ishlab chiqarish korxonalari bilan xamkorlikda 5430500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun ko‘chma mashg‘ulot va ekskursiyalar tashkil qilindi.
QSXET yo‘nalishi 101-guruhga “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi assistenti A.Turdiboev, 102-guruhga “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti S.Namozov, 103-guruhga “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti A.M. Denmuxammadievlar mas’ulligida ko‘chma mashg‘ulot va ekskursiyalar tashkil qilindi. Talabalar barcha ishlab chiqarish korxonalarini ko‘zdan kechirib chiqishdi va o‘zlari qiziqqan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi. Bu kabi ko‘chma mashg‘ulot va ekskursiyalar 1-bosqich talabalariga qiziqish uyg‘otdi va kelajakda bu joylarda ishlash uchun va sohani yanada rivojlantirish uchun kerakli tavsiyalarni o‘zlariga belgilab olishdi.
101-guruh talabalari va “ETvaEJF” kafedrasi assistenti A.Turdiboev axboroti
Institut Matbuoti xizmati rahbari R. Jumaniyozov