Yosh professor-o‘qituvchilar uchun davra suhbati
O‘zaro fikr almashuv, tajriba almashuvlarning o‘rni katta bo‘lgani kabi, ko‘nikma va malaka hosil qilishning ham roli shu darajada ahamiyatlidir. O‘qituvchining ijtimoiy nufuzi va mavqeining oshishi ham aslida, shundan. TIQXMMI Qarshi filialining yosh professor-o‘qituvchilari uchun TIQXMMI Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakulteti dekani, t.f.d., professor Isaqov Abdusaid Jalilovich tomonidan “Oliy ta’lim muassasalari reytingini oshirishda professor-o‘qituvchilarning roli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida prof.A.J.Isaqov tomonidan o‘quv jarayonida, uslubiy va ilmiy faoliyatda professor-o‘qituvchilar aynan qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi batafsil tushuntirildi. Karantin qoidalariga ko‘ra, ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘tkazilgan ushbu uchrashuv juda mazmunli o‘tdi va “ustoz-shogird” tizimida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
TIQXMMI Matbuot xizmati