Konstitutsiya - baxtimiz poydevori
Joriy yilning 26 noyabr sanasida 2 - talabalar turar joyining 6 - qavatida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari bilan “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va texnologiyasi” kafedrasi assistenti M.N Sattorov, stajyor – o‘qituvchisi S.M Melikuziyevlar yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida uchrashuv tashkil etdilar.
Uchrashuvda har bir davlatning tartib-qoidalari, ezgu umidlari, istaklarini va maqsadlarini ro‘yu-rost ifodalovchi yuzi – Konstitutsiya ekanligi, Konstitutsiya – tarixiy ahamiyati beqiyos bo‘lgan hujjat hisoblanishi, uni shu vaqtga qadar davlatchiligimiz tarixidagi boshqa hujjatlarning birortasi bilan ham qiyoslab bo‘lmasligi, unda tarixiylik zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, jahonning ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va huquqiy tafakkuri sohasida erishilgan barcha yutuqlar mujassamligi ta’kidlab o‘tildi.
GMITE va T kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi S Melikuziyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov