Mayda masshtabli tuproq kartalarini tuzish yoʻllari
Bugun 28 noyabr 2018 yil ikkinchi juftlikda Yer resurslarini boshqarish fakulteti talabalariga Geodeziya va geoinformatika kafedrasi katta oʻqituvchisi Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich “Mayda masshtabli tuproq kartalarini tuzish yoʻllari mavzusida Ochiq maʼruza oʻqidi. Maʼruzada fakultet dekani Zarif Muqimov hamda Geodeziya va geoinformatika kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Maʼruzachi Tuproq kartalarini ahamiyati, ularni tuzishdan maqsad, tuproqlarni xaritaga tushirish haqida talabalarga tushinchalar berdi. Shu bilan birga “Tuproq kartalarini tuzishda olib boriladigan generalizatsiya ishlarini 3 ta yoʻnalishga ajratishi haqida quyidagi maʼlumotlarni yerib oʻtdi: 1)tuproq klassifikatsiyasi, karta tuzish metodlari boʻyicha ishlar, yaʼni ustunlik qiladigan tuproq boʻyicha, yoki tuproq komponentlari va tuproq qoplami maydoni boʻyicha; 2) tuproq tarkibi boʻyicha ishlar, yaʼni tuproq qoplami komponentlari tarkibi, oʻzaro bogʻliqliklari va ularning geometrik xususiyatlari boʻyicha; 3)tuproq qoplami xususiyatiga qarab klassifikatsiyalar va tarkibni umumlashtirish yoʻllari boʻyicha generalizatsiya ishlari. Dars soʻngida talabalrni oʻtilgan mavzu boʻyicha tezkor baholash uchun test savollari berildi va talabalar baholandilar.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti