Prezident murojaatnomasi talabalar muhokamasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi respublikamiz bo‘ylab keng jamoatchilik tomonidan katta e’tibor va qiziqish bilan tinglandi. Bugungi kunda Murojaatnoma ko‘plab tashkilot, idora va muassasalarda, turli jamoalarda keng o‘rganilmoqda va teshgishli vazifalar begilab olinmoqda. Shu jumladan bu faoliyatda talabalar ham chetda qolayotganlari yo‘q.
TIQXMMI Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan 4-talabalar turar joyida o‘tkazilgan tadbir ham Prezident murojaatnomasini keng o‘rganish, to‘g‘ri talqin qilish va unga munosib ravishda faoliyat olib borishga qaratildi. Tadbirda ustozlar tomonidan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati keng ochib berildi. Dotsent Adham Mamataliyev murojaatnomada keltirilgan asosiy jihatlarini aytib o‘tib, ularni kengroq tushuntirib berdi. Katta o‘qituvchi Dilbar Abduraimova esa Murojaatnomada qabul qilinishi va qayta ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan qonunlar, kodekslar, konsepsiyalar, dasturlar va strategiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Hamjihatlikda o‘tkazilgan bu tadbirda talabalar faol ishtirok etishdi. Ularni qiziqtirgan savollarga ustozlar dotsent Shavkat Botirov, Gulnora Axmedjanova, Davron Yulchiyev, Javlon Ishchanov, Mahbuba Hayitova, Shohrux Azizov, Elyor Malikovlar batafsil javob berdilar.
Uchrashuv qiziqarli, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Barchada katta taassurotlar qoldirdi.
Dotsent Adham Mamataliyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov