Prezident murojaatnomasi amalda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi biz yoshlar uchun bir uyg‘onish, maqsadimiz yo‘lida dadil qadam tashlash uchun yana bir bor tirgak bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti fakulteti 2 Talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Botirov, “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi mudiri D.Qodirov va kafedra assistenti O.Qilichovlar talaba yoshlarga prezident murojaati bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi. Talabalarga Prezidentimizning oliy majlisga murojatnomasi yuzasidan davra suhbati o‘tkazishdi. Davra suhbati juda qiziqarli va savol javobga boy bo'lib o‘tdi. Mazkur davra suhbatidan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
“Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abror Botirov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov