Ilm-ma’rifatning sir-asrorlari

2020 yil 29 yanvar kuni V bino 6-Zal hamda G bino G-315 auditoriyalarda Magistratura bo‘limining 1, 2 - kurs iqtidorli magistrantlariga 2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim sohasi uchun tayanch doktorantura bo‘yicha sovrindori “Iqtisodiyot” kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti Eshmatov Sirojiddin Keldiyarovich va Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.A.Yangiyev “Ilm-fanga qadam bosish sirlari” to‘g‘risida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda S.Eshmatov magistrantlarga ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, ilm-fanga qadam bosish sirlari va bosqichlari, chet el tajribalari, yetuk mutaxassis bo‘lib, yetishish uchun shiddatli mehnat qilish, tinimsiz izlanishlar olib borish to‘g‘risida misollar bilan ma’ruza qildi. A.A.Yangiyev ham o‘z faoliyati davomida ilm-fan yo‘lida amalga oshirgan ishlari, tajribalarini aytib berib, magistrantlarni mustaqil ilm bilan ko‘proq shug‘ullanishga, ilm ishlab chiqarishdagi muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Magistrantlar savollariga to‘liqligicha javob berildi.

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov