Birinchi Prezident xotirasiga yuksak ehtirom
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan barcha yutuq va marralar Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bogʼliq. Birinchi Prezidentimiz mamlakatimiz mustaqilligini qoʼlga kiritishdan tortib, uning taraqqiyoti, jahonda oʼz oʼrni va soʼziga ega davlatga aylanishi yoʼlida yuksak fidoyilik koʼrsatib mehnat qildi. Uning tengsiz jasorati va uzoqni koʼzlab yuritgan dono siyosati tufayli Oʼzbekiston tarixan qisqa davrda izchil rivojlanish yoʼlini bosib oʼtdi, mamlakatimizni dunyo tanidi. Islom Аbdugʼanievich Karimov oʼzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʼp asrlik tarixida oʼchmas iz qoldirdi. U nafaqat Oʼzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʼ-eʼtiborga sazovor boʼlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti Gidrologiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yoʼnalishining guruh murabbiysi Jumabaeva Gulnora Usmanbaevna 1-bosqich talabalari bilan Islom Karimov majmuasiga tashrif buyurdi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʼzbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” bong urib qoʼymasdan, hamdoʼst barcha davlatlar rahbarlarini ham ahil-inoq va oʼzaro hamkorlikda totuv yashashga daʼvat etdi va maʼlum maʼnoda bunga erishdi ham. Darhaqiqat, Yer yuzida tinchlikni saqlashga, xalqlar doʼstligini mustahkamlashga, umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga qoʼshgan hissasi jahon hamjamiyati eʼtirof etilgan mustaqil Oʼzbekiston davlati asoschisi Islom Karimovning muqaddas xotirasi har qancha eʼzozga, hurmatga loyiqdir.
TIQXMMI matbuot xizmati