“Mening jamiyatdagi o‘rnim” mavzuida davra suhbati
Bizga ma’lumki, bugun kunda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga alohida katta e’tibor va ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayapti. Bu kabi sa’y-harakatlarni mustahkamlash uchun 2020 yil 27 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Markazi xodimlari ishtirokida institutda tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar o‘rtasida “Mening jamiyatdagi o‘rnim” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Markazi bo‘limi boshlig‘i YUlduzxon Abdumalikova, Markazning viloyat kordinatorlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Qo‘chqorova, Markazning volontyorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Begzod Nigmatov, institutning YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari D.Vafoeva va D.Xursandova, Gidrotexnika qurilishi fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov, Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Botirov hamda 25 nafar imkoniyati cheklangan talabalar ishtirok etishdi. Dastavval so‘zga Markaz bo‘limi boshlig‘i YUlduzxon Abdumalikova Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Markazining umumiy faoliyati haqida kengroq ma’lumotlar berib tanishtirdi.
So‘ngra Markazning viloyat kordinatorlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Qo‘chqorova hamda Markazning volontyorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Begzod Nigmatovlar tomonidan talabalarga yurtimizda nogironligi bor shaxslarning hayotdagi o‘rni, jamiyatga ijtimoiy moslashuvchanligi, ularning huquqlari, bu boradagi qarorlar, yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, nogironligi bor shaxslar uchun tadbirkorlikka oid normativ huquqiy hujjatlar haqida tushuntirishlar berishdi. SHuningdek, yurtimizda nogironligi bor shaxslarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy ko‘mak berish maqsadida amalga oshirilayotgan xayriya ishlari, turli xil muruvvat tadbirlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi. Qatnashchilar bilan mazmunli suhbat bo‘lib, talaba-yoshlar markaz xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga etarlicha javob olishdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari D.Vafoeva va D.Xursandova