Tahliliy taqdimotlar
Suv resurslarini boshqarish, ekologiya va atrof -muhitni muhofazasi muammolari shoʻbasida birinchi kuni 24 maqola taqdimot qilindi. Prezentatsiyalar atmosferani muhofaza kilish, Orol dengizi, ekologiya, ichimlik suv va suv resurslarini boshqarish muammolarini oʻz ichiga qamradi.
Ayniqsa, D. Rustamining ingliz tilida ekotizim xizmatiga, Z. Tillayevaning Qashqadaryo havzasida suv va energiya samaradorligini oshirishga va A. Haydarovning shaharlar atmosferasini muhofaza kilishga bagʻishlangan chiqishlari konferensiya qatnashchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Konferensiyaning birinchi kuni talabalar va yosh pedagoglarning faol qatnashishi bilan oʻtdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov