Galdagi ochiq darsda
Joriy yilning 27 mart kuni soat 08:30 da 612-xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri, dotsent A. Berdishevning “Energiya tejamkorlik asoslari” fanidan “Quvvat koeffitsenti va uni oshirish usullari” mavzusidagi ochiq darsi boʻlib oʻtdi.
Talabalar yoʻqlama qilinib, jurnallar toʻldirilgach, maʼruza mavzusi tanishtirildi va maʼruzaning asosiy qismiga kirishishdan oldin oʻtgan mashgʻulotlar savol va tushunmagan masalalar boʻyicha qisman tushuntirildi. Talabalar darsga 100% qatnashishdi. Darsda kompyuter texnikasidan (Power Point, Core Drave va boshqa dasturlar yordamida) foydalanib mavzu materiallari talabalarga oʻzbek tilida ravon yetkazib berildi. Dars talabalar bilan interaktiv usulda jonli muloqot savol-javob tarzida olib borildi. Kirish qismida davlatimizda olib borilayotgan ishlarga, Prezidentimizning sohaga oid qaroriga eʼtibor qaratildi. Mavzuni amaliyotdagi muammolar bilan bogʻliq holda yoritib berildi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarishning mavsumiyligidan kelib chiqqan holda, oʻziga xos xususiyatlariga bogʻlab talabalarga yetkazildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov