Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif

“O‘zbekistonning butun dunyoga mashhur ochiq osmon ostidagi muzey-shaharlari ko‘p, – deb yozadi fransiyalik Jozefina Bernar xonim. – Shu bilan birga, mamlakatingizda mustaqillik yillarida shunday muhtasham binolar qurilibdiki, ular nafaqat betakror qiyofasi, balki yurtingiz tarixi, ajdodlaringiz boy merosini o‘zida yorqin aks ettirishi bilan har qanday kishini hayratga soladi. Go‘zal poytaxtingizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi menda ana shunday unutilmas taassurot qoldirdi”.

Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasida muzeylarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Muzeylar yosh avlodni tariximiz, moddiy va madaniy merosimizni naqadar chuqur ildizga egaligini singdirgan holda, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari bilan tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Shu maqsadni ko‘zlab, “Elektr ta`minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 1 bosqich talabalari Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati