Yoshlarni iste’dodini, qobiliyatini, izlanishlarini va mehnatini ro‘yobga chiqarish
2021-yil 26-aprel kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri prof.A.S.Altiev va professor-o‘qituvchilar S.Avezbaev, A.Muqumov, A.Babajanov, S.Sharipov, S.Ro‘ziboev,S.Sadullaevlar raxbarligida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika onlayn fan olimpiadasini 2021-yilda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2021-yil 31 mart 159 - sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Yer huquqi” fanidan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi tashkil etildi va belgilangan “Nizom” talablari asosida o‘tkazildi. Fan olimpiadasining 1-bosqichida Yerdan foydalanish, Davlat kadastrlari, Geodeziya va geoinformatika kafedralarida tashkil qilingan soha to‘garaklaridan 19 nafar talabalari bilimlarini sinashdilar. Ushbu bosqichda ishtirokchilarni saralab olish tartibi modul tizimida test va ijodiy topshiriq ko‘rinishida o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra, ikki nafar 1-o‘rinni “Yer tuzish va yer kadastri“ yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Idirova Maftuna Siroj qizi va Raximov Xamidjon Orif o‘g‘li qo‘lga kiritdi. 2 - o‘rin “Yer tuzish va kadastri” yo‘nalishi 406 - guruh talabasi Aliyorov Jamshid Abduxoliq o‘g‘li va 408 -gurux talabasi Vaxobov Jaxongir Akram o‘g‘liga nasib etdi. 3-o‘rinni 1 nafar Geodeziya, kartografiya, kadastr ta’lim yo‘nalishi talabasi Jabborova Dilnoza Shuxrat qizi egalladi. Faxrli 1 - 2-o‘rinni egallagan talabalar “Yer huquqi” fanidan Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yaxshi natija ko‘rsatgan va faol ishtirok etgan talabalarni va ularni raxbarlarini ham munosib taqdirlash ko‘zda tutilgan. G‘olib talabalarga omad tilab, Yer huquqi fan olimpiadasining ikkinchi bosqichida institutimiz sharafini munosib himoya qilishlarini kutib qolamiz.
Yer resurslarini boshqarish fakulteti iqtidorli talabalar bilan ishlash
bo‘yicha ma’sul S.R. Sharipov
TIQXMMI matbuot xizmati