Sog‘ tanda sog‘lom aql

Ertalabki badantarbiya – bu nafaqat jismoniy salomatlik garovi balki, insonning ruhiyati, va kayfiyatini ko‘taradigan, kunni yangi kuch, yangicha ishtiyoq bilan boshlashiga turtki bo‘ladigan muhim vosita. Bu shubhasiz, oiladagi xotirjamlik, o‘qish jarayonidagi yangi yondashuv va qiziqishlar, mehnat jamoalarida esa foydali ish koeffitsientining keskin oshishida ham o‘z aksini topadi.

Muhtaram Prezidentimizning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusiga bag‘ishlab, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019 yilning 29-may kuni erta tongda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti talabalar turar joyida yashaydigan 1-2-kurs talaba-yoshlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Ro‘zibaev boshchiligida ertalabki badantarbiya mashqlarini olib borishdi. Ushbu badantarbiya mashqlarida 30 nafardan ortiq talaba-yoshlar qatnashishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov