Xorijda taʼlim olish, tajriba almashish istiqbollari

2021-yilning 28-iyun kuni soha mutaxassislarni xorijda ta’lim olish va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Buyuk Britaniyaning Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Buyuk Britaniyada ta’lim: Hujjat topshirishdan o‘qish boshlangunga qadar” mavzusida Onlayn shaklda vebinar tashkil qilindi.

Mazkur vebinarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ma’sul xodimlari, jumladan Guy Young (Ishga qabul qilish bo‘yicha direktor), Sian Hanson (Akademik direktor), Naira Abrahamyan (menedjer) hamda Shuxrat Amonovlar dastur doirasida xorijda ta’lim olish uslub va uslubiyatlari bo‘yicha  tadbir qatnashchilariga ma’lumot berishdi. Vebinarda 300 nafar yosh olim va doktorantlar ishtirok etishdi.

Mavzu va kursni tanlash bo‘yicha taqdimot jarayonida bir qator savollarga javoblar berib o‘tildi, jumladan:

Sizni qiziqishingiz?

Sizga nima yoqadi?

Siz nimani yaxshi bilasiz?

Kelajakda nima qilishni xohlaysiz?

Ta’lim olish bo’ycha grant ytishni  xohlaysizmi?

Kurs ishi?

Izlanishlar, izlanishlar, izlanishlar!

Sizga yoqadigan kurslarda qanday modullar taklif etiladi?

Qanday o‘qitiladi?

Bu qanday baholanadi?

 

Vebinar yakunida qatnashchilardan tushgan bir qator savollarga tashkilotchilar tomonidan javoblar berib o‘tildi.

 

 

Ma’lumot “Ilmiy bo‘lim” tomonidan tayyorlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati