Hamkorlik maqsadidagi tashrif
Traktor va irrigatsiya tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha nomi dong‘i ketgan AQSh va Germaniyaning yirik kompaniyalari hamkorlikni qo‘lga qo‘yish uchun institutimizga tashrif buyurdi. CLAAS kompaniyasining mintaqaviy ekspert menejerlari Andrey Raymer va Vasiliy Sayder, LINDSAYMDX davlatlari bo‘yicha menejeri Damen Koshelin, MASCHIO GASPARDO savdo bo‘yicha direktori Sletlana Mikolenko, ABHN Trading vakili Bernd Xennlarda iborat delegatsiya institutimizga tashrif buyurdi. Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, prof. B.Mirzayev institutimiz vakillarini tanishtirib o‘tdi. So‘ngra institut haqida ma’lumot va videorolik taqdim etildi. Mehmonlar institut o‘quv uchastkalari va ularda o‘z laboratoriyalarini joylashtirish imkoniyatlari bo‘yicha muzokara olib borishdi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar institutimiz laboratoriyalariga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga institutimizda talabalar yoshlar uchun yaratilgan keng sharoitlari bilan tanishishdi. Ikki tomon ham hamkorlik memorandum imzolash uchun kelishib olishdi. O‘zaro manfaatli hamkorlik albatta, o‘z mevasini beradi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov