Psixologik trening oʻtkazildi
Inson ruhiyati koʻp narsaga qobil va qodir. Uning harakatini boshqarish mezoni ham ruhiyatshunoslik ilmi bilan vobasta. Ruhiyat tananing qoʻmondoni. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgust kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3898-sonli Qaroriga asosan harbiy boʻlinmalarda psixologik ishlarni olib borish maqsadida 2019 yil 25 yanvar kuni Sirdaryo viloyati “Yangiyer” tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli 9254-U sonli harbiy qismda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromelioratsiya” fakulteti “Pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi” kafedrasi mutaxassis psixologlari Sh.Raupova va D.Madazizova, hamda “E va SRB” kafedrasi oʻqituvchisi M.Abduqodirovalar ishtirokida muddatli xarbiy xizmatchilar bilan “Jamoani jipslashtirish” boʻyicha psixologik trening oʻtkazildi. Trening boshida katta oʻqituvchi Sh.Raupova tomonidan harbiy xizmatchilarga “Muomala va muloqot”, “Shaxsning individual psixologik xususiyatlari” mavzularida maʼruza oʻqildi. Maʼruza davomida harbiylar tomonidan juda koʻp savollar berildi va ushbu savollarga ular aniq va taʼsirchan javobni oldilar. Maʼruza qiziqarli tugatilgach, katta oʻqituvchi D.Madazizova tomonidan psixologik trening va oʻyin oʻtkazildi. Tashkil etilgan psixologik trening yuqori saviyada, koʻtarinki ruhda, savol - javoblarga boy va sermazmun oʻtdi.
“Pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi” kafedrasi maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼuli Sh.Raupova axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov