Nazariyaning asosi - amaliyot
Ta’lim berishda, albatta, nazariy bilimlarning o'zi yetarli emas. Olingan bilim va malaka bevosita amaliyot jarayonida ko’zga tashlanadi. Institutimizning “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti "Yer tuzish va yer kadastri" 2 - kurs talabalari ayni kunlarda “Geodeziya” fanidan institutimizning ilmiy-o'quv markazi hududida amaliy mashg'ulotlari olib borishmoqda. Bundan maqsad el-yurt koriga yaraydigan, tizim uchun salohiyatli xodimlarni yetkazishdir.
“ Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov