Teatr bilan tillashib

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Har bir san’at inson qalbi, shuuri va ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, uning estetik didini shakllantirish, ma’naviy dunyosini boyitish, dunyoqarashini o‘zgartirish qudratiga egadir. San’atning turlicha ko‘rinishlari bo‘lsada, ularning gultoji teatr ekanligi ko‘pchilik san’atkorlar tomonidan e’tirof etilgan. Ana shu jihatdan ham teatrning mo‘jaz sahnasi ko‘ngillarni zavqqa to‘ldiradi, inson tafakkuri va ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi.

2020 yil 26 yanvar kuni soat 18:00 da O‘zbekiston davlat drama teatrining bosh rejissyori Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan, dramaturg Sharof Boshbekov qalamiga mansub “Yer baribir aylanaveradi” spektakliga GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev hamda 1-kurs talabalarining tashrifi uyushtirildi. Spektaklda xalqimiz oldiga qo‘yilayotgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda to‘siq bo‘ladigan, xalaqit berayotgan illatlar xususida ham alamli, ham dardli, ham ochiq muloqotga, bahsga chorlovchi, bugungi kunning qahramoni, ortidan xalqni ergashtira oluvchi, xalqni dardi bilan yashay oladigan rahbarning xarakteri, uning iztirob va orzulari ochib berilgan.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov