Garvard universiteti kutubxonasi peshtoqidagi shior
Bilim olish vaqtinchalik azob, bilimsizlik - bir umr azob. Garvard universiteti kutubxonasi peshtoqidagi shior
2021-yil 30-mart kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani tashabbusi bilan Gidromelioratsiya, Yer resurslaridan foydalanish fakultetlari va magistratura iqtidorli bitiruvchi talabalari uchun “Bilmaslik vaqtinchalik azob, bilimsizlik bir umrlik azobdir” mavzusida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “TST AgroKlaster” ilmiy ishlar bo‘yicha rahbari o‘rinbosari biologiya fanlari doktori, professor, akademik B.Zaripov ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida akademik B.Zaripov tomonidan yoshlarga ilm olishning nechog‘lik muhim ekanligi to‘g‘risida ma’ruza qilindi va 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash” yili davlat dasturi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, pandemiya davrida koronavirus kasalligi qanday kasallik ekanligi va undan qanday saqlanish kerakligi to‘g‘risida taqdimot qilindi. Tadbir so‘ngida iqtidorli bitiruvchilarni “TST AgroKlaster” ga ishga taklif qilib, dastlabki uch oylik sinov muddatida olti millionlik oylik berilishi so‘ngra bu maosh 10-15 million so‘mgacha ko‘tarilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Tadbirda talabalar o‘zlari tomonidan berilgan savollarga javob oldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati