Muzey bo‘ylab moziyga
“Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi yo‘nalishi Gidrologiya (suv omborlarida) 315 – guruh talabalari bilan guruh murabbiysi assistent Gulnora Jumabaeva boshchiligida 2019 yil 27-aprel kuni Temuriylar tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar muzey xodimlari tomonidan qo‘yidagicha ta’riflandi. Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur Movarounnahr siyosiy kurash maydonida, Amir Temurning fathi, Mo‘g‘ullarning chekinishi, Husayn va Temurning Samarqandni egallashi hamda ular o‘rtasidagi nizoni kuchayishi kabi bir qator bobomiz tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalar bobomiz Amir Temur tarixi muzeyiga tashrif chog‘ida qadimiy pul muomala vazifasini o‘tagan kumush tangalar, qurol-aslahalar, sopol idishlar va tarixiy qo‘lyozmalarni kuzatish va ular haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti G. U. Jumabaevaning axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov