Tabriklaymiz.
Ma’lumki, muqaddas Qur’oni karimning eng katta suralaridan biri – “Niso”, ya’ni, “Ayollar” deb ataladi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo‘lishga da’vat etadi va bu ilohiy so‘zlar zamirida albatta teran hikmat mujassam. Zero, jamiyatimiz hayotini Xotin-qizlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Har sohada ularning o‘rni, o‘z mavqei bor. Bugungi kunda yurtimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor har jihatdan yuksaldi.
Jumladan, ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan va bugun tavallud ayomini nishonlayotgan Xoliqova Nargiza Abduvalievna bor tajribasini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan fidoiy ayollarimizdandir.Hurmatli Nargiza Abduvalievna, tavallud ayomingiz muborak bo‘lsin. Yaratganni o‘zi sizni yomon ko‘zdan, balo qazolardan asrasin!
YОBIB dekan muovini K.Usmonov
TIQXMMI matbuot xizmati