Ma'rifatparvar muallimlarni muborakbod etib

Dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkitasi alohida ajralib turadi. Bularning biri shifokorlik, ikkinchisi o’qituvchilikdir. Toki odamzot bor ekan, ularsiz hayotni va salomatlikni tasavvur etish qiyin. Bu kasb o’zining ma’no-mazmunini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi. 1- oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vaziri Shavkat Hamroyev tomonidan "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi dotsenti Inamov Aziz Nizamovich maxsus faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi. Shu fursatda foydalanib hurmatli hamkasblar, kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!

TIQXMMI matbuot xizmati