Qadriyatlar qalqondir
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor.
II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti, “SXM” yo‘nalishi 307-guruhning talabalari guruh rahbari T.Apakxujayeva bilan birgalikda 2019 yil 25 oktyabr kuni mustaqillik maydoniga ziyorat qilish uchun tashrif buyurdilar.
Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Ana shu maqsadda istiqlol yillarida 35 jildlik “Xotira” kitobi chop etildi va urush qurbonlarining nomi mamlakat poytaxtidagi Xotira maydoniga o‘rnatilgan temir mazkur “daftar”ga zarhal harflar bilan bitib qo‘yildi.1999 yil 9 mayidan e’tiboran bu maydon mamlakatimiz fuqarolarining qalbiga yaqin, o‘tganlar ruhi yodga olinadigan, duolar ijobat bo‘ladigan go‘shasiga – muqaddas makonga aylandi. Shundan buyon bu yer – ziyoratchilar bilan gavjum.
Ushbu ziyoratdan maqsad yoshlarda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish bo‘lib, talabalar ushbu ziyorat asnosida bizning hozirgi kunimiz uchun kurashgan ajdodlarimizni xotiramizda saqlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish lozimligi, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimiz, Vatanimiz kelajagini ta’minlash, barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun yoshlarga keng imkoniyatlar eshigining ochilganligiga shukronalar keltirish lozimligi haqida xulosalarga ega bo‘ldilar.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov