Afg‘onistonlik delegatsiya tarkibi institutimizda 

Afg‘onistonning Tashqi ishlar vazirligidan Mirvays Soxrabi, Baxlol Djaved Karim, Energetika va suv resurslari vazirligidan Xidayatulla Muneb, Kudratullo Samadi, Xamid Saidi, Faiz Axmad Manavi, Muxammad Shax Mubasher, Abulla Naimi, Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligidan Shakirilla Xashimi, Moxammad Afzal Savari, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining Afg‘onsitondagi mutaxassisi Muxammad Azim Koshifiydan iborat delegatsiyasi institutimizda ta’lim va tadqiqot jarayoni bilan tanishish uchun rasmiy tashrif buyurishdi.

Uchrashuvni institut rektori v.v.b. B.Mirzayev ochib berdi. Institutimiz tarixi, ta’lim va tadqiqoti jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasiga so‘z berildi. Afg‘oniston Muhammad Azim Kashifiy so‘zga chiqib, delegatsiyani iliq kutib olinganini mamnuniyat ila ta’kidlab o‘tdi. Institutning keng ko‘lamli ishlari va xalqaro talabalarning o‘qitish tizimi bilan jiddiy qiziqishdi. 

Afg‘oniston Respublikasida institutimiz filialini hamda masofaviy ta’lim olish imkonini joriy qilish bo‘yicha fikrlar o‘rtoqlashildi. B.Mirzayev mehmonlarni institutimiz laboratoriyalari bilan tanishish uchun taklif qildilar.

Delegatsiya Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish o‘quv-ilmiy laboratoriyasi, Qishloq xo‘jalik mashinalari paviloni, Gidrotexnik inshootlar va gidromelioratsiya fakulteti o‘quv laboratoriyalariga, shuningdek, Innovatsiyalar ilmiy tadqiqotlar klasteriga tashrif buyurishdi va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov