Respublikada birinchi zargarlik maktabiga tashrif

Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin yurtimiz, xalqimiz tarixini chuqur o‘rganish, uni ilmiy asosda haqqoniy tadqiq etish, qadimiy manbalarni xolislik bilan asl holida tiklash, davlatchilik tarixining ildizlarini ochib berish respublikamiz madaniy, ma’naviy hayotidagi asosiy masalalardan biriga aylandi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi 127-guruh talabalari guruh murabbiyi I.G‘aniev boshchiligida Qarshi shahrining markazida joylashgan respublikada birinchi zargarlik maktabi va “Odina” hunarmandlar markaziga tashrif buyurishdi.

Shundan so‘ng talabalar Qilichboy va Xo‘ja Abdul Aziz  madrasalariga tashrif buyurishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘laqonli javoblar qaytarildi.  Yurtimiz Movarounnahrning Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch, Axsiket, Xiva, Shosh, Marg‘inon va boshqa shaharlaridagi ma’rifat maskanlari bo‘lmish madrasalarda yetishib chiqqan allomalar haqida, ular tahsil olgan madrasalar va hozirda yurtimiz O‘zbekistonda ishlab turgan madrasalar haqida talabalarga ma’lumot berib borish biz uchun ham farz, ham qarz deydi - "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat muassasasi direktori Sharofat Ashurova.

127-guruh murabbiyi Ilhom G‘aniev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati