Professor Karsten Heinz bilan davra suhbati
29-may kuni soat 15.00. da institutimizning videokonferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Germaniya fuqarosi professor Karsten Heinz institutimizga tashrif buyurib bir guruh professor o‘qituvchilar, yosh-olimlar, doktorantlar, talaba va magistrantlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbatini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultanov olib bordi. Davra suhbati davomida professor Karsten Heinz ishtirokchilardan erkin muloqot tarzida, o‘z g‘oyalarini bayon etishlarini so‘radi.
Birinchi bo‘lib t.f.d., Sh.Imomov bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish shu jumladan, biogazning mamlakatimiz hayotidagi o‘rni haqida, professor R.Baratov, dotsentlar D.Alijanov, Q.Raxmonov va I.Gubaevlar o‘zlarining bugungi kundagi dolzarb muammolarga qaratilgan loyihalarini qisqacha tushuntirib berdilar va ularga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qanday ko‘maklar kerak ekanligiga to‘xtalib o‘tdilar.
Institutimiz magistranti E.Ozodov “Watercity” loyihasini tanishtirdi. Davra suhbati shu tarzda qisqa savol-javoblar va takliflar almashinishi bilan davom etdi. Loyihalarga nisbatan professor Karsten Heinzda qiziqishlar uyg‘onib bu loyihalarni Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovlarda ishtirok etishga chorladi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov