San’at nafosati
San’at estetikasi o‘ziga xos olam. Shunga ko‘ra uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotning in’ikosi ekan, u shu ma’noda insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ko‘zgu vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Estetika san’atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlari-yu janrlarigacha, san’atning ichki mexanizmidan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab oladi.
Joriy yilning 19 Mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbus hamda Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jamiyatimiz istiqboiga daxldor. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Xuddi shu maqsadda 29 may kuni “SXT va B” fakultetining 104 - guruh talabalarining tashabbusi bilan falsafa fani o‘qituvchisi hamrohligida O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurishdi. Unda Muxtor Avezov asari asosidagi Nosir Fozilov tarjimasi bilan "ABAY" dramasining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Uni O‘zbekitonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qaraqalpog‘iston san’at arbobi Marat Azimov sahnalashtirgan. “Teatr - ibratxonadir”, - deya Mahmudxo‘ja Behbudiy bejiz aytmagan. U o‘zining “Padarkush” dramasini sahnalashtirib, xalqning ma’naviyatini yuksaltirishga harakat qildi. “Teatr na faqat ibratxona balkim insoning estetik dunyoqarashini o‘stira va o‘zgartira oladigan haqiqiy ma’naviy maskan hisoblanadi” (Bahriddin Muqim). Tomoshaning nihoyasida talabalarning yuzu ko‘zida ana shu mantiq zuhur etdi.
“GIM” fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasining assistenti Bahriddin Muqimov axboroti.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov