TIQXMMI Buxoro filiali o’quv-ilmiy markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi mutasaddi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi
Buxoro viloyatining tuman va shahar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalasi boʻyicha oʻrinbosarlarining bosh mutaxassislari va TIQXMMI Buxoro filialining talabalari, magistrantlari Buxoro viloyati Kogon tumani TIQXMMI Buxoro filiali o’quv-ilmiy markazida amaliyot o’tashdi.
Amaliyot davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotining (FAO)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi mutassaddi xodimlari ishtirokida “Qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda suspenziyadan foydalanish” mavzusida seminar ham bo’lib o’tdi. Seminarni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) loyiha rahbari Muhammadjon Qosimov, loyiha maslahatchisi Azizbek Nurbekov va loyihaning Buxoro viloyat bo’yicha kordinatori Anvar Jo’rayev va TIQXMMI Buxoro filiali direktori Shavkat Imomovlar olib borishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati