Avlodlarning birdamlik zanjiri
Avlodlarni qadriyatlar va islohotlar yanada jips qiladi. Bu esa ularning maqsadlari mushtarakligidandir. Katta avlodga xos bo‘lgan va katta hayotiy tajriba yosh avlodni to‘g‘ri yo‘lga boshlabgina qolmay, balki, kuchiga kuch qo‘shadi. Xuddi shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Uni mahalla raisasi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Jabborova Naima Gapparovna davlat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklash asnosida ochib berdilar.
Tadbirda mahallada istiqomat qiluvchi yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etishdi. O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy akademiyasi ofitserlari va harbiy orkestri hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasining M. Ulug‘bek tumani kengashi raii Botir Sodiqovlar o‘z tabriklari bilan qatnashishdi. Katta konsert dasturi va illyuzion o‘yinlar yig‘ilganlarni shodu xurram qildi. Mahalla faollari va konkurs g‘oliblariga sovg‘a va faxriy yorliqlar ulashildi. Tadbir maroqli va mazmunli tarzda kechdi.
TIQXMMI Matbuot xizmati