Til - muomala va muloqot vositasi
Joriy yilning 27 oktyabr kuni GM fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi o‘qituvchilari Q. Raximov, T. Apakxo‘jaeva, S. Jonqobilov, Z. Ibragimova hamda I.Axmedovlar tomonidan 3-sonli talabalar turar joyida “Til - muomala va muloqot vositasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda tilimizning boyligi, u orqali inson ko‘nglini ko‘tarish yoki ko‘ngilga ozor yetkazish mumkinligi haqida gapirib, o‘z fikrlarini ajdodlarimizning dono naqllari va g‘azallari bilan asoslab berdilar.
Ona vatan va ona til himoyasi yo‘lida kurashish bu qo‘lga qurol olib chiqish degani emas. Oila, mahalla, jamoat joyida, ishxona yoki o‘quv muassassasida tilning sofligi, to‘g‘riligi uchun kurashish va adabiy til me’yoriga rioya etgan holda so‘zlashish chinakam himoya, chin ma’nodagi mudofaadir. Chunki tilning o‘zi qurol. Undan to‘g‘ri va oqilona foydalanishning o‘zi el-yurtga munosabat ramzi hamdir. Talabalar bu suhbatdan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan xulosalar chiqarib, suhbatdan mamnun ekanliklarini namoyon qildilar.
GM fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov