Talabalarga a’zolik guvohnomalari topshirildi
Muayyan g‘oya va mafkura yo‘lida fidoyilik namunalarini ko‘rsatish e’tiqod va ishonchning tantanasidir. Har bir partiya o‘zi mansub bo‘lgan mamlakat va xalqning farovonligi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z g‘ayrat va shijoatini, intellektual salohiyatini safarbar etishi muqarrar. Bu esa har bir fuqarodan yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini talab etadi.
2018 yil 30 oktyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Yunusobod Kengashi hamda 14-Shoshtepa saylov okrugi deputati X.Burxonxo‘jaev bilan institut talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Partiya deputatlari bugungi kunda yoshlarning tarbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun partiya tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida yig‘ilganlarga gapirib o‘tishdi. Yo‘l-yo‘riq va maslahatlar bilan talabalar ilhomlantirildi. Uchrashuv so‘nggida partiya safiga yangi qabul qilingan talabalarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarovning axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov