Biznes va tadbirkorlik faoliyati
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, 2018 yil – faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qildilar. “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalish hisoblanadi. Faol tadbirkor, deganda, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlar tushuniladi” deya ta’kidlaganlar Prezidentimiz.
Institumizda joriy yil 1 oktyabrdan “Ochiq mashg‘ulotlar” e’lon qilinib professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan o‘tkazilib kelinmoqda. Bugun e’lon qilingan Ochiq mashg‘ulotlarning 56-si bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni “Iqtisodiy nazariya asoslari” kafedrasi assistenti Djamalova Xulkar Sayyorovna 3 bosqich talabalariga “Biznes va tadbirkorlik faoliyati. Raqobat va narxning shakllanishi” mavzusida o‘tkazdi. Ochiq darsda Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri Ubaydulla G‘ofurov va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Mashg‘ulot avvalida o‘qituvchi talabalarni uch jamoaga bo‘lib, har biri alohida “nom ostida bellashuvga”tayyorgarlik qo‘rdilar”. Birinchi jamoa “Tadbirkorlar”, ikkinchi jamoa “Menejment” va uchinchi jamoa “Biznesmentlar” deb nom oldilar. Har bir guruhga beshtadan topshiriqlar berildi va qisqa vaqt ichida darslar mobaynida qo‘llanilgan pedagogik texnalogiyalardan foydalanib izohlab berishlari talab etildi. Har bir jamoa topshiriqlarni jamoa a’zolari bilan kelishib birma-bir javob berishdi. Dars so‘ngida jamoadagi faol ishtirok etganlikka qarab o‘qituvchi har bir talabani baholab bordi.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti