Bashariyat hayotidagi xavf
OITS muammosi jamiyat, millat ravnaqiga jiddiy putur yetkazuvchi bo‘lib, hozirgi dunyo davlatlarini tashvishga solib kelmoqda. Dunyoda milionlab insonlar xayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Bu jirkanch kasallik bilan kasallanganlarning tuzalishi juda ham qiyin. Talaba-yoshlar orasida bunday kasalliklarning oldini olish maqsadida bugun “Er resurslarini boshqarish” fakulteti ma’ruzalar zalida fakultet dekani Sh.Narbaev va fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu kasallikni yoshlarga ya’ni o‘sib kelayotgan talaba yoshlarimiz sog‘ligiga ta’siri yuzasidan tushuncha berish uchun Toshkent shahar SPID markazi shifokori N.T.Umarova o‘z ma’ruzasi bilan talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib o‘tdi.
U OITS infeksiyasi profilaktikasi to‘g‘risida hamda giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar keltirib, talabalarga to‘liq tushunarli darajada videoroliklar orqali ma’lumotlar berishdi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar. Shundan so‘ng dekan muovini H.Eshova barcha tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.
Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan o‘rinbosari H. Eshova axboroti
Institutning matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov