Yoshlar - sog‘lom hayot tarzi tarafdori

Har bir ta’lim muassasasi sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi avvalombor, odob-axloq qoidalariga rioya etuvchi talaba-yoshlarni tarbiyalashi zarur. Shu sababli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘iga asosan ta’lim muassasalariga may oyi davomida “Odob-axloq oyligi” mavzusi bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu mavzu bo‘yicha shuningdek, "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining ma’ruzalar zalida 4 kurs talaba-yoshlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi B.Muqimov, hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tabdirni fakultet dekani ochib berdi va tinglovchilarga mavzuga doir o‘z ma’rifiy o‘gitlarini so‘zladi. Axloqi yomon bolalar asosan muhiti sog‘lom bo‘lmagan oiladan chiqishi ma’lum. "Bugungi o‘g‘ri, firibgar va xulqi yomon kimsalar kecha tarbiyasiga e’tibor berilmagan bolalardir!" degan edi Abdulla Avloniy. Oiladagi tarbiyadan tashqari, bolalarimizning ko‘cha-kuyda yurish-turishlariga va kimlar bilan aloqa qilayotganiga ham alohida ahamiyat berishimiz kerak. Barcha talaba-yoshlarga ushbu tadbirda so‘z yuritilgan ma’lumotlar ma’qul kelib, o‘zlari qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javoblar olindi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov