REKTORNING PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
2019 yilning 28 may sanasida institutimiz rektori o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv kun tartibida asosiy masalalardan biri, davlatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 24-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuvi tafsilotlaridan kelib chiqib, uchrashuvdagi belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, professor-o‘qituvchilarning fikrlarini tinglash hamda bu borada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriqlar berdi:
1. O‘quv metodik jarayon;
2. Ilmiy innovatsion faoliyat;
3. Xalqaro hamkorlik;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha 5 tashabbusi;
5. Moddiy texnik bazani mustahkamlash;
6. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
7. Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish;
8. O‘zini-o‘zi kasbiy mahoratini oshirish masalalari bo‘yicha har bir yig‘ilish qatnashchisidan yuqoridagi 8 ta masala bo‘yicha SWOT tahlil qilgan holda, o‘z takliflarini berishlari so‘raldi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov